NASA va AQŞ Milliy qor va muz ma’lumotlar markazi (NSIDC)ga köra, dengiz muzlarining umumiy hajmi 4,6 million kvadrat kilometrni taşkil etdi, bu 2008 yilgi körsatkiç bilan teng hamda kuzatuvlar tarixida eng past 10-örinni egalladi.
Olimlar okeanni kvadratlar tarmoğiga böliş va muz kvadrat maydonining kamida 15 foizini egallaganini yiğiş orqali dengiz muzining darajasini hisoblaydi.
Okeanning qutblardagi muz maydonlari mavsumiy ravişda özgarib turadi: muz sovuq mavsumda, dengiz suvi muzlaganda töplanadi va issiq mavsumda eriydi. Muzning qutblarda töliq yöqolişi sodir bölmaydi. Şimoliy Muz okeanida muz miqdori odatda sentabr oyida minimal darajaga yetadi. NASA hamda Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasi (NOAA) olimlari 1978 yilda qutb muzlarini kuzatişni boşlaganidan beri, global isiş fonida Arktikadagi dengiz muzlari darajasi kamaydi.
«Bu yil Arktikadagi dengiz muzlari darajasi yangi rekord minimumni örnatmagan bölsa-da, bu umumiy pasayiş tendensiyasiga mos keladi», dedi NASA'ning Goddard nomidagi Kosmik markazidagi Kriosfera tadqiqot laboratoriyasi rahbari Natan Kerts. Arktikadagi eng kiçik muzlik darajasi 2012 yilda qayd etilgan. Mutaxassislar buni atmosfera isişi va anomal ob-havo şaroiti bilan boğlamoqda. Bu yilgi muzning yillik yöqolişi dastlab 2012 yildagi özgarişlarga öxşadi. Avgust oyi boşida eriş sekinlaşganiga qaramay, bu umumiy pasayiş tendensiyasini töxtatiş uçun yetarli emas.

















