Fransiya BMT yiğilişi arafasida Falastin davlatini tan oldi. Prezident Emmanuel Makron 22 sentabr kuni BMT qoşida, Fransiya va Saudiya Arabistoni iştirokida ötkazilgan Falastin muammosiga yeçim topiş va “ikki davlat” formulasini amalga oşirişga bağişlangan oliy darajadagi xalqaro konferensiyada tegişli bayonot bilan çiqdi.
Makron öz çiqişida 2023 yil 7 oktabr kuni HAMAS tomonidan amalga oşirilgan hujumlarni qoraladi. Lekin, u keç bölmasdan tinçlik örnatilişi kerakligini aytdi.
“Tinçlik örnatiş uçun vaqt keldi, çunki biz uni qölga kiritiş imkoniyatidan ayriliş arafasida turibmiz. Şu sabab biz bugun şu yerga töplanganmiz. Kimdir aytadi, bu juda keç. Kimdir aytadi, bu juda erta. Ammo bitta haqiqat aniq – biz endi kutib turolmaymiz”, dedi Makron.
Şuningdek, u Falastin davlatini tuziş böyiça berilgan va’dalar bajarilmay qolganini eslatdi.
“Arab davlatiga berilgan va’da hanuz bajarilmagan. Öşandan beri umid va tuşkunlik aralaş yöl bosib ötildi”, dedi u.
“Biz ikki davlat yonma-yon tinçlik va xavfsizlikda yaşaşini xohlaymiz. Biroq hozirda Isroil Ğazoda özining harbiy amaliyotini HAMASni yöq qiliş maqsadi bilan kengaytirmoqda. Ammo … yuz minglab odamlar köçirildi, jarohatlandi, oç qoldi, ruhiy iztirob çekmoqda. Ularning hayoti hanuz vayron qilinmoqda. Doimiy öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar – garovdagilarni ozod qilişning eng işonçli yöli – davom etayotganiga qaramay, Ğazada davom etayotgan uruşni oqlaydigan heç narsa yöq. Heç narsa.
Şuning uçun, mening mamlakatimning Yaqin Şarqdagi, isroilliklar va falastinliklar örtasidagi tinçlikka bölgan tarixiy sadoqatiga muvofiq, bugun e’lon qilaman: Fransiya Falastin davlatini tan oladi,” – deya Emmanuel Makronning sözlarini keltirmoqda Reuters.

Makronning e’loni BMT zalida qarsaklar bilan kutib olindi. Şuningdek, Fransiya Falastin xavfsizlik kuçlarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.
Makronga köra:














