Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasining (GUR) "Primary" («Arvohlar») maxsus bölinmasi Rossiya tomonidan qöşib olingan Qrimda Rossiyaning uçta köp maqsadli Mi-8 vertolyoti va 55J6U "Nebo-U" radiolokatsion stansiyasini yöq qildi. Bu haqda Telegramʼda Boş razvedka boşqarmasi (GUR) xabar berdi.
Boşqarma yöq qilingan "Mi-8" vertolyotlaridan birining suratini joylaştirdi.
Rossiya tomoni hozirça voqea yuzasidan izoh bermadi.
Şu bilan birga, Ukraina Havo kuçlari Telegramʼda Rossiya Qurolli kuçlari 54 ta hujumkor Shahed, «Gerbera» va boşqa turdagi dronlar bilan nişonlarga hujum qilgani haqida xabar berdi.
Hujumlar Rossiyaning Kursk, Millerovo, Bryansk va Primorsko-Axtarsk şaharlaridan amalga oşirilgan.
Havo hujumi Ukraina mudofaa kuçlarining samolyotlari, zenit-raketa qöşinlari, radioelektron kuraş bölinmalari, uçuvçisiz tizimlar va mobil öt oçiş guruhlari tomonidan qaytarildi.













