Markaziy bank doimiy ravişda ölçovli oltin quymalarining narxlarini yangilab boradi. 23 sentabrda e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 5 grammli oltin quymasining narxi 7 mln 609 ming sömni taşkil qildi. Quymalar narxi 1 gramm uçun 1 mln 521 ming sömga baholanyapti.
Kun.uz hisob-kitoblariga köra, 2025 yil boşidan beri oltin quymalar qariyb 34,4 foizga qimmatlagan. Yanvarda 5,66 mln söm bölgan 5 grammlik quymaning qiymati sentabr oyiga kelib 7,6 mln sömga yetdi. Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa narx oşişi 37,2 foizni taşkil etgan.
23 sentabr holatiga köra, oltin quymalari narxlari quyidagiça:
- 5 grammli oltin quyma — 7 million 609 ming söm;
- 10 grammli oltin quyma — 15 million 219 ming söm;
- 20 grammli oltin quyma — 30 million 438 ming söm;
- 50 grammli oltin quyma — 76 million 94 ming söm;
- 100 grammli oltin quyma — 152 million 188 ming söm.
Mahalliy bozordagi oltin narxlari yil boşidan buyon 31 marta öz rekord darajasini yangiladi.
Jahon bozorida ham oltin bahosi sezilarli darajada oşib, 1 unsiyasi uçun 3754 dollarga yetgan. AQŞ Federal zaxira tizimi ötgan haftada foiz stavkalarini 4−4,25 foizgaça pasaytirgani fonida qimmatbaho metallarga bölgan qiziqiş ortib boryapti.
Ma’lumot uçun, Özbekiston Markaziy banki oltin va kumuşdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga çiqargan. 2020 yil noyabridan boşlab esa özbekistonliklarda jamğarmalarini quyma oltin şaklida saqlaş imkoniyati ham paydo böldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga çiqardi.
Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib çiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta körib çiqiladi. Şunga köra, narxlar doimiy özgaruvçan xarakterga ega böladi.
100 grammli oltin quymalar Özbekistonda 2025 yil 17 yanvardan boşlab sotuvga çiqarilgan.











