BMT Boş assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jahon savdo taşkiloti (JST) boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uçraşuv ötkazdi.

Mamlakatning JSTga a’zo bölişi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlaşning dolzarb jihatlari körib çiqildi.
Uşbu xalqaro taşkilotga a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

JST me’yorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunçilikni, şu jumladan texnik jihatdan tartibga soliş va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uyğunlaştiriş böyiça faol işlar olib borilmoqda.
Joriy yil noyabr oyida bölib ötadigan işçi guruhning navbatdagi yiğilişi natijadorligini ta’minlaş, şuningdek, 2026 yilda muzokaralar yakunlanişi va mamlakat taşkilotga qöşilişi muhim ekani ta’kidlandi.











