Qonun loyihasining maqsadi – tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş prinsiplari, asoslari va tartibini tizimli belgilaşga qaratilgan.

Qonunning maqsadi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida qonunçilik talablari buzilişlarini aniqlaşga, ularning oldini olişga va ularni bartaraf etişga qaratilgan munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

Davlat nazorati sohasida quyidagilar belgilanadi: 

1) nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ötkaziladigan nazorat tadbirlarini amalga oşiriş tartibi; 
2) davlat nazorati davomida tekşirilayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlar; 
3) davlat nazoratini amalga oşirişda nazorat qiluvçi organlarning va ular mansabdor şaxslarining huquq va majburiyatlari.

Qonunda belgilangan tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazorati qoidalari:

1. «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi, «Markaziy bank töğrisida»gi va «Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida»gi qonunlari doirasida;
2. Energetika va suv resurslari iste’molini hisobga olişning töliqligi hamda işonçliligi, ularning hisob-kitoblari öz vaqtida amalga oşirilişi hamda elektr, gaz uzatiş, gaz taqsimlaş tarmoqlariga, içimlik suvi ta’minoti va oqova suvi tizimlariga ulanişlarning qonuniyligi ustidan nazorat doirasida;
3. Qözğatilgan jinoyat işlari doirasida;
4. Ötkaziladigan yonğinlarga doir tergovga qadar tekşiruv doirasida;
5. Özbekistondagi norezidentlarning doimiy muassasalari va vakolatxonalari faoliyatida
6. Tadbirkorlik sub’yektlari ta’sisçilarining va (yoki) boşqaruv organlarining öz faoliyati tekşiruvini ötkazişga nisbatan şaxsiy taşabbusiga köra;
7. Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarida çegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini amalga oşiriş doirasida;
8. Davlat strategik va safarbarlik zaxirasi yuzasidan.

Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan işlab çiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan tovarlar, körsatiladigan xizmatlar, bajariladigan işlar hamda ular tomonidan foydalaniladigan texnologik jarayonlar ustidan davlat nazorati fuqarolarning hayoti, soğliği va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlaş, şu jumladan tabiiy va energetika resurslarini tejaş, milliy mahsulotlar raqobatbardoşligini oşiriş hamda jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida amalga oşiriladi.