IQAir portaliga köra, soat 10:00 da Toşkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 146 mkg/m3 ni taşkil etgan – bu “zararli” tasnifdagi körsatkiç hisoblanadi.

Reytingda 1-örinni Pokistonning Lahor şahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 169 mkg/m3. Kongoning Kinşasasi 2-poğonada — 165 mkg/m3. Ugandaning Kampala şahri uçinçi örinda — 160 mkg/m3

Reytingdagi öntalikdan, şuningdek, Dubay (BAA), Bişkek (Qirğiziston), Jakarta (Indoneziya), Dehli (Hindiston), Boku (Ozarboyjon) va Batam (Indoneziya) örin egallagan. 

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, havo ifloslanişi körsatkiçlari orasida salomatlik uçun eng katta xavf tuğdiradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.