Polşa 25 sentabrga ötar keçasi Rossiya-Belarus harbiy maşğulotlari «Zapad-2025» tufayli taxminan ikki hafta oldin yopilgan Belarus bilan çegara punktlarini qayta oçadi. «Uşbu maşğulotlarning yakuni turli tahdidlarni kamaytiradi – garçi barham topadi deb ayta olmayman – va Polşa taşuvçilari va temiryöllarining iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, biz bu çora öz maqsadiga erişdi, degan xulosaga keldik», dedi 23 sentabr, seşanba kuni boş vazir Donald Tusk. Biroq, agar keskinlik kuçaysa, Varşava «tegişli qarorni ikkilanmasdan qabul qiladi», deb qöşimça qildi.

Polşa bir tomonlama tartibda Belarus bilan çegarasini 12 sentabrga ötar keçasi butunlay yopib qöydi. Uç kun avval bu qarorni e’lon qilar ekan, Tusk buni Belarusda 12-16 sentabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan, «harbiy doktrina nuqtai nazaridan juda agressiv» «Zapad-2025» manyovrlari boşlanişi bilan boğladi.

10 sentabrga ötar keçasi Rossiyaning uçuvçisiz uçoqlari Polşa havo hududini misli körilmagan darajada buzdi. Umumiy hisobda xavfsizlik xizmatlari 21 ta dronni qayd etgan, ularning bir qismi urib tuşirilgan. UUAning katta qismi Belarusdan kelgan. Dronlarni tutib oliş uçun Polşa samolyotlaridan taşqari boşqa NATO davlatlarining qiruvçi samolyotlari ham joylaştirildi. Dron parçalari Belarus va Ukraina bilan çegara yaqinidagi Viriki qişloğidagi uyga zarar yetkazdi, qurbonlar qayd etilmadi.

Varşava Rossiya ataylab Polşaga hujum qilganini va Şimoliy Atlantika şartnomasining 4-moddasiga muvofiq NATO ittifoqçilari bilan maslahatlaşuv haqida söraganini bildirdi. Rossiya Mudofaa vazirligi Polşadagi nişonlarga zarba beriş «rejasi yöqligini» ma’lum qildi.