Yer kodeksiga muvofiq qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar foydalaniş turiga köra – qişloq xöjaligi yerlariga va qişloq xöjaligiga xizmat körsatuvçi yerlarga hamda suv bilan ta’minlaniş darajasiga köra – suğoriladigan va suğorilmaydigan yerlarga bölinadi.

Qişloq xöjaligiga möljallangan suğorilmaydigan yerlarda içki xöjalik yer tuziş loyihasiga muvofiq yer uçastkasidan foydalanişning asosiy turiga mos keluvçi obektlarni joylaştiriş (quriş)ga ruxsat etiladi. Bu yerlar qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar deb tan olinadi. 

Suğorilmaydigan qişloq xöjaligi yerlarida yer uçastkasidan ruxsat etilgan foydalanişning asosiy turiga mos keluvçi obektlarni joylaştiriş (quriş)dan oldin ariza beruvçida ijara huquqining mavjudligi, yer uçastkasining umumiy maydoni, şu jumladan qişloq xöjaligi yerlari va ular tarkibidagi suğoriladigan yerlar maydoni tegişli axborot tizimlari orqali tekşiriladi.

Şuningdek, yer uçastkasi doirasida suğorilmaydigan yerlarda yer uçastkasidan ruxsat etilgan foydalanişning asosiy turiga mos keluvçi obektlarni joylaştiriş (quriş) nazarda tutilgan.

Yengil qurilmalar va vaqtinça inşootlarni joylaştiriş (quriş)ni nazarda tutuvçi içki xöjalik yer tuziş loyihalari tuman (şahar)lar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi, kapital bino va inşootlar hisoblangan quriliş obektlarini joylaştiriş (quriş)ni nazarda tutuvçi içki xöjalik yer tuziş loyihalari Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar hamda Toşkent şahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

Obektlar joylaştirilgan (qurilgan) qişloq xöjaligiga möljallangan suğorilmaydigan yerlar alohida yer uçastkalariga bölinmaydi, joylaştirilgan (qurilgan) obektlarni alohida sotişga ruxsat etilmaydi (yer uçastkasining foydalaniş maqsadini özgartirmagan holda unga bölgan huquq va majburiyatlarni obekt bilan birga boşqa şaxsga ötkaziş (qayta ijara beriş) holatlari bundan mustasno).

Çorvaçilik yönalişida ijaraga berilgan qişloq xöjaligiga möljallangan suğorilmaydigan yerlarda 1 gektardan köp bölmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining 1%idan oşmagan maydonda qişloq xöjaligiga xizmat körsatuvçi obektlarni joylaştirişga ruxsat etiladi.

Çorvaçilik bilan boğliq bölmagan maqsadlar uçun ijaraga olingan yerlarda yer uçastkasidan ruxsat etilgan foydalanişning asosiy turiga mos keluvçi obektlarni (yengil issiqxonalar va sovitiş omborlari, saralaş-qadoqlaş komplekslari, suvni tejaydigan suğoriş texnologiyasi obektlari va hovuzlar va b.) joylaştiriş (quriş) uçun ruxsat etilgan maydon 20 gektardan oşmasligi, lekin ijara konturi maydonining 1 foizidan köp bölmasligi kerak.