Qozoğiston Özbekiston yoki boşqa davlatlarga benzin eksportini töxtatdi. Bu haqda “Kazinform” naşri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, hukumat tomonidan neft mahsulotlari eksportiga töliq taqiq joriy etilgan va noqonuniy eksport hamda kontrabandaning oldini oliş rejasi amalga oşirila boşlangan.

Qozoğiston energetika vazirligiga köra, ayrim OAVda tarqalgan ma’lumotlarda joriy yil bahorida qabul qilingan vaqtinçalik çora haqida söz boradi. Aprel-may oylarida mamlakatdagi yoqilği zaxiralari hisobga olinib, faqat AI-92 markali benzinning ortiqça qismi eksport qilingan. Bunday amaliyot xalqaro tajribada odatiy bölib, omborlarni optimallaştiriş va budjetga qöşimça soliq tuşumlarini ta’minlaş imkonini beradi.

Ammo iyun oyidan boşlab neftni qayta işlaş zavodlaridagi rejali ta’mirlaş işlari va strategik zaxira şakllantiriş maqsadida eksport butunlay töxtatilgan.

Vazirlikka köra, davlat tomonidan tartibga solişning bekor qilinişi va eksport taqiqi içki bozorni barqarorlaştirdi. Natijada yoz boşiga kelib AI-92 benzini zaxiralari 70 foizga, dizel yoqilğisi esa 78 foizga oşdi.

Hozirda Qozoğiston neft mahsulotlari bozori barqaror, içki ehtiyoj töliq ta’minlangan.