Rossiya tahdidini hisobga olib, Yevropa ehtimoliy qurolli mojaroga tayyorgarlikni kuçaytirişi kerak, deydi Şvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonson. 23 sentabr, seşanba kuni u Berlinda nemis hamkasbi Boris Pistorius bilan uçraşuv oldidan: «Biz yangi Yevropa tafakkuriga ötişimiz kerak – tinçlik davridagi fikrlaşdan uruş vaqtiga tayyorlanişga», dedi.
Yonson, şuningdek, Rossiyaning keng kölamli qayta qurollanişiga işora qildi, uning fikriça, u harbiy jihatdan kuçayib bormoqda va uzoq masofali qurol işlab çiqariş va elektron uruşda sezilarli yutuqlarga erişmoqda.
Şu bilan birga, Şvetsiya Mudofaa vazirligi rahbari NATO böyiça barça ittifoqçilar ham bir yönalişda harakat qilmayotgani haqida ogohlantirdi va «alyans doirasida mudofaa sarmoyalari diversifikatsiya qilinişi»ni tanqid qildi. 2024 yilda NATOga qöşilgan Şvetsiya mudofaa vaziri: «Men mudofaa investitsiyalarining parçalanişini körişni istamayman», deb qöşimça qildi.
Yonsonning sözlariga köra, Şvetsiya va Germaniya işlab çiqarişni köpaytiriş va mudofaa salohiyatini birgalikda mustahkamlaş uçun hamkorlik qilişi kerak. Uning ta’kidlaşiça, ikkala davlat ham Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va Boltiq dengizi mintaqasida Rossiya tahdidi bilan boğliq öxşaş muammolarga duç kelmoqda.











