Kun.uz’ga poytaxt metrosidagi ayrim bekatlardan poyezdlar harakatida uziliş yuzaga kelib, intervallar 10 daqiqagaça uzaygani haqida murojaat kelib tuşdi.
Toşkent metropolitenining rasmiy munosabatiga köra, holat şu yilning 24 sentabr sanasi soat 15:31 lar atrofida “Hamid Olimjon” – “Puşkin” bekatlari oraliğida harakatlanayotgan 6-sonli harakat tarkibi bilan sodir bölgan. Poyezdning elektr energiyasini qabul qiliş qismida texnik nosozlik kuzatilgan.
“Şu sababli uşbu poyezd 6 daqiqa töxtab qolgan. Mavjud nosozlik holati bartaraf etilganidan söng poyezdlar harakati qayta tiklandi. Hozirgi vaqtda yönalişdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yölovçilardan uzr söraymiz”, – deyiladi xabarda.
Rasmiylarning Kun.uzʼga tasdiqlaşiça, ayni vaziyat sabab Çilonzor liniyasidagi boşqa bekatlarda poyezdlar intervali uzayib ketgani rost. Bu nosozlik aniqlangan harakat tarkibi eski bölgani bilan izohlanmoqda. Ma’lumotlarga köra, undan metropoliten 48 yildan beri foydalanib keladi.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda “Toşkent metropoliteni” vakillari poytaxt metro vagonlarining yarmidan köpi foydalaniş muddatini ötab bölganini ma’lum qilgandi. Öşanda 256 ta vagon mavjud ekani, şuning 75 foizi 80-89 yillarda işlab çiqarilgani aytilgandi.











