23 sentabr, seşanbaga ötar keçasi Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining Rossiya hududlariga uyuştirgan hujumi çoğida köp sonli havo şarlari qöllandi, deb xabar berdi RBK axborot agentligi Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin manba va hujum mohiyatidan xabardor manbaga tayanib.
«Haqiqatan ham juda köp şarlar bor edi, lekin ular unçalik aniq emas edi», dedi manbalardan biri jurnalistlarga. Uning sözlariga köra, dron hujumlari paytida havo şarlaridan keng foydalaniş ilgari qayd etilmagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi dron hujumlari paytida havo şarlaridan foydalanilgani haqida xabar bermadi. Uning ma’lumotlariga köra, bir keçada 69 ta Ukraina droni urib tuşirilgan. Vazirlikning Telegramʼdagi bayonotida aytilişiça, ular Moskva vaqti bilan yarim tundan ertalab soat 7:00 ga qadar Belgorod, Bryansk, Kaluga va Kursk viloyatlari, Moskva viloyati, Rostov, Ryazan, Samara va Saratov viloyatlari, şuningdek, qöşib olingan Qrim hududida yöq qilingan.
Bundan taşqari, Moskvaga yaqinlaşayotgan köp sonli dronlar qayd etilgan — 40 dan ortiq. Moskva meri Sergey Sobyanin havo hujumidan mudofaa bölinmalarining işi haqida bir neça bor hisobot bergan.












