Davlat rahbari AQŞga taşrifi çoğida Boş assambleyaning umumsiyosiy munozaralarda sözga çiqib, BMTning eng dolzarb global muammolarni hal etiş uçun asosiy platforma sifatidagi örniga, şuningdek, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan ortga qaytmas islohotlarga alohida töxtalib ötdi.

Özbekiston yetakçisi xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik eng dolzarb masalalarni hal etiş, tinçlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaşga qaratilgan qator taklif va taşabbuslarni ilgari surdi.

Özbekiston rahbarining AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvi taşrifning markaziy voqeasi böldi. Davlat rahbarlari Özbekiston-AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va amaliy hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi.

Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, BMT boş kotibi A.Guterriş, Koreya Respublikasi prezidenti Li Çje Myon, Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn, Çexiya prezidenti Petr Pavel, Albaniya prezidenti Bayram Begay, şuningdek, XVF boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga va Jahon savdo taşkiloti boş direktori Ngozi Okondjo-Iveala bilan ham muzokaralar ötkazdi.

Özbekiston prezidenti AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorni, AQŞ Kongressidagi "Özbekiston bilan hamkorlik böyiça kokus" raisi, kongressmen Trent Kellini qabul qildi.

Taşrifning işbilarmonlik dasturi ham sermazmun böldi. Özbekiston yetakçisi AQŞ işbilarmonlari iştirokida davra suhbati, şuningdek, qator yetakçi transmilliy kompaniyalar, korporatsiyalar, investitsiya fondlari va moliyaviy institutlar - Traxys, FLSmidth, McKinsey, Go Green Partners, Kolorado geologiya maktabi, BlackRock, Boeing Global, Franklin Templeton, Citigroup, Air Producs, BNY, Jefferies, NASDAQ, Oppenheimer va boşqa köplab kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar ötkazdi.

Uçraşuv va muzokaralar natijasida örta muddatli loyihalar dasturi şakllantirildi. Özbekiston prezidenti va AQŞ prezidentining maxsus vakili Serjio Gor huzurida muhim minerallar, fuqaro aviatsiyasi, kimyo sanoati, energetika va boşqa ustuvor sohalarda imzolangan ikki tomonlama savdo şartnomalari va investitsiya bitimlarini almaşiş marosimi bölib ötdi.

Amerika Qöşma Ştatlariga taşrifi yakunida davlat rahbari, an’anaga köra, AQŞda işlayotgan va yaşayotgan bir guruh vatandoşlar, şuningdek, Amerikaning yetakçi universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamğarmasi stipendiatlari bilan uçraşdi.