Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,5 mlrd AQSh dollariga yoki 19,8 foizga oshgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida: eksport – 23 mlrd (+31,3 foiz), import – 28,4 mlrd (+11,8 foiz).

O‘zbekiston jahonning 200 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (18,9 foiz), Rossiya (16,1 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.