Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
Inspeksiya – bu öz vakolatlari doirasida quyidagilar yuzasidan davlat nazorati va tekşiruvini amalga oşiruvçi mustaqil respublika ijro etuvçi organi:
- quriliş-montaj işlarining sifati va ularning tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi (avtomobil yöllari va yöl sun’iy inşootlari bundan mustasno);
- köp kvartirali uy-joy fondini boşqariş (xöjalik yurituvçi sub’yektlarning moliyalaştiriş manbalaridan qat’i nazar, ularning moliyaviy-xöjalik faoliyatiga aralaşmasdan);
- issiqlikdan foydalaniş, içimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş böyiça xizmat körsatiş hamda undan foydalaniş.
Inspeksiyaning asosiy vazifalari:
- obektlarda ularning seysmik mustahkamligiga ta’sir qiluvçi, şuningdek inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvçi sifatsiz quriliş materiallari va buyumlaridan foydalanişning oldini oliş;
- köp kvartirali uylarni boşqariş, ularga tutaş yer uçastkalarini saqlaş va ulardan foydalanişda texnik foydalaniş qoidalari va normalariga rioya etilişini nazorat qiliş, şuningdek mulkdorlar tomonidan joylarning özboşimçalik bilan qayta qurilişi va qayta rejalaştirilişiga yöl qöymaslik;
- içimlik suvini işlab çiqariş uçun möljallangan yer osti suvlari quduqlarining texnik holati va ulardan foydalaniş şartlariga, şuningdek ularni qaziş (burğilaş) qoidalariga rioya etilişini nazorat qiliş;
- iste’molçilarni içimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş xizmatlari bilan qamraş;
- sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş, davlat nazoratining töliq raqamlaştirilişini ta’minlaş.











