Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞ uçun «qizil çiziq»

Isroil tomonidan Ğarbiy Sohilning ayrim qismlarini anneksiya qilişga bölgan har qanday uriniş AQŞ uçun «qizil çiziq» böladi va bu arab-isroil diplomatik normallaştiriş jarayonining oxirini anglatadi. Bu haqda fikr bildirgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytişiça, u bunday kafolatni Donald Trampdan olgan.

Makron, şuningdek, AQŞ rahbariga Falastinning kelajagi böyiça uç betli rejani taqdim etganini ma’lum qildi. Bu reja Nyu York deklaratsiyasiga asoslangan bölib, 143 dan ortiq davlat tomonidan qöllab-quvvatlangan hujjatda Ğazo va Ğarbiy Sohilda Hamasni kelajakdagi boşqaruvdan çiqariş taklif qilingan.

Isroilning Ğarbiy Sohilda, jumladan, E1 koridorida 3 400 ta yangi uy qurilişini öz içiga olgan aholi punktlarini kengaytiriş rejalari mavjud. Makron «Bu masalada yevropaliklar ham, amerikaliklar ham bir pozitsiyada», dedi.

«Ğarbiy Sohilni anneksiya qilişga uriniş «Ibrohim kelişuvlari»ning oxiri böladi, bu Trampning birinçi prezidentlik davridagi eng muhim diplomatik yutuqlardan biri edi. Birlaşgan Arab Amirliklari bu borada juda oçiqçasiga fikr bildirdi. Bu AQŞ uçun qizil çiziq deb öylayman», dedi Makron.

Keyinroq Politico naşri Donald Tramp arab-musulmon yetakçilari bilan uçraşuvda Isroil Ğarbiy Sohil töliq anneksiya qilinişiga yöl qöymaslikka va’da berganini yozdi. Amerika prezidenti «bu masala böyiça qat’iy pozitsiyaga ega».

Agar Tramp anneksiyaga yöl qöymaslikda qat’iy tursa, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu jiddiy siyosiy bosim ostida qoladi, çunki uning öta öng koalitsiyasidagi ayrim a’zolar Ğarbiy Sohilni qisman yoki töliq qöşib olişni talab qilmoqda. Aksinça, agar Netanyahu AQŞning roziligi yoki sukutli qöllab-quvvatlaşi bilan anneksiya qilsa, Isroil yonida Falastin davlati barpo etiladigan ikki davlatli yeçim rejasining özi xavf ostida qoladi. Netanyahu duşanba kuni Oq uyda Tramp bilan uçraşişi, juma kuni esa BMT Boş assambleyasida nutq sözlaşi kutilmoqda.

Makron, şuningdek, garovdagilar va Ğazo tinç aholisi taqdiri Netanyahu qölida qoldirilmasligi kerakligini aytdi. «Netanyahuning birinçi ustuvor vazifasi garovdagilarni ozod qiliş emas – aks holda u Ğazo şahriga sönggi hujumni boşlamas va Qatardagi muzokaraçilarga zarba bermas edi».