Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xalqaro hamjamiyatni Rossiyaning harbiy tajovuzkorligini kengaytiriş tahdidi haqida ogohlantirib, Şarqiy Yevropa NATO davlatlari havo hududining sönggi paytlarda buzilganini eslatib ötdi. «Rossiyaning uçuvçisiz uçoqlari allaqaçon Yevropa uzra uçib ötmoqda, Rossiya operatsiyalari allaqaçon boşqa mamlakatlarga tarqalmoqda. Putin bu uruşni davom ettirmoqçi (Ukrainada), uni kengaytirmoqçi», — dedi Zelenskiy 24 sentabr, çorşanba kuni Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasi yiğilişida çiqişi çoğida.
«Bugun hammasi sizga boğliq. Tinçlik işiga yordam berasizmi yoki Rossiya bilan savdo-sotiqni davom ettirasizmi, unga uruşni moliyalaştirişda yordam berasizmi. Hammasi sizga boğliq — harbiy asirlar ozod qilinadimi, öğirlangan bolalar uyga qaytadimi, garovga olinganlar ozod böladimi. Bizning kelajagimizni nima belgilaydi? Hozirgi bu uruş. Lekin uni qöşma, qat’iy harakat belgilaşi kerak», — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.
U bir kun avval AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan «mazmunli uçraşuv» ötkazganini va boşqa dunyo yetakçilari bilan ham muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi. «Biz Yevropa çinakam yordam berişini ta’minlaş uçun qölimizdan kelganini qilamiz va, albatta, Qöşma Ştatlardan umid qilamiz. Körsatilayotgan qöllab-quvvatlaşni juda qadrlayman. Ha, G7 va G20 sammitlarida köp narsa hal qilinadi, lekin oxir-oqibatda, dunyo taqdiri barçamizga boğliq. Şuning uçun, Rossiya uruşni çözişda davom etar ekan, jim turmang. Hayotni, xalqaro huquq va tartibni himoya qiliş uçun odamlar harakatni kutmoqda», dedi Ukraina rahbari xalqaro hamjamiyatga qarata.











