Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor şaxs söralgan pul mablağini özining tanişi orqali olgan vaqtida uşlandi.

Tuman gaz ta’minoti bölimi rahbari muqaddam sudlangan bölsa-da, öz xatosidan töğri xulosa çiqarmagan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Boşqa holatda esa Farğona viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasining boş mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalangan holda, Quva tumanida joylaşgan 4 sotix yer maydonida qurilişi tugallanmagan bino-inşootlarning hujjatlarini kadastr, arxitektura kabi mutasaddi taşkilotlarda işlovçi tanişlari orqali rasmiylaştirib beriş evaziga 5000 AQŞ dollari talab qilgan.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda boş mutaxassis oldindan 1000 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi.