Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston energetika idoralari rahbarlari «Qambar-Ota GES-1» (quvvati 1860 MW) loyihasini tayyorlaş böyiça uçinçi vazirlar davrasini ötkazdi. Uçraşuv 25-26 sentabr kunlari Bryusselda bölib ötdi.
Loyiha Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligini mustahkamlaş va suv resurslaridan oqilona foydalaniş böyiça muhim mintaqaviy taşabbus sifatida qaraladi.
Muzokaralarda energetika vazirlari Yerlan Akkenjyenov (Qirğiziston), Taalaybek Ibrayev (Qirğiziston) va Jörabek Mirzamahmudov (Özbekiston) iştirok etdi. Ular erişilgan yutuqlarni muhokama qildi, jumladan: texnik-iqtisodiy asoslaş loyihasi; atrof muhitga va ijtimoiy muhitga ta’sirni baholaş böyiça dastlabki hujjatlar; uç mamlakat sa’y-harakatlari bilan loyihani birgalikda amalga oşiriş mexanizmlari; yangilangan moliyaviy ehtiyojlar va xalqaro institutlardan mablağ jalb qiliş imkoniyatlari.
Manfaatdor tomonlar bilan mahalliy, milliy va transçegaraviy darajadagi maslahatlaşuvlar 2025 yil oktyabr-noyabr oylarida ötkazilişi rejalaştirilgan.
Davra suhbati Jahon banki kömagida taşkil etilgan bölib, u loyihani tayyorlaşda, şu jumladan texnik-iqtisodiy asoslarni yangilaş va barqaror moliyaviy modelni işlab çiqişda texnik yordam körsatadi.
Vazirlar öz davlatlarining «Qambar-Ota GES-1» loyihasini tez fursatda amalga oşirişga qat’iy siyosiy sodiqligini tasdiqladi.
2023 yil yanvar oyida Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston energetika idoralari rahbarlari Qirğizistonning Norin daryosida Qambar-Ota GES-1 qurilişi loyihasini amalga oşiriş böyiça yöl xaritasini imzolagan edi. Stansiyada işlab çiqarilgan elektr energiyasining Qirğiziston ehtiyojidan ortgan qismini Özbekiston va Qozoğiston kafolatli sotib oladi.
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Qambar-Ota GES-1 qurilişi 5-6 milliard dollarga tuşişini aytgan.











