Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasining Janubiy vokzaldan Yangi Sergeli ko‘chasigacha («O‘zgarish» ko‘prigi) bo‘lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Yo‘l ta’mirlash ishlari tufayli 26 sentabr soat 17:00 dan 29 sentabr soat 7:00 gacha yopiladi.

Hokimlik haydovchilarga safarni oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etmoqda.