Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 davlat Falastinni moliyaviy inqirozdan qutqarish uchun birlashdi
Koalitsiya Falastin milliy ma’muriyati duch kelgan va uning uchun halokatga aylanishi mumkin bo‘lgan «eng keskin va misli ko‘rilmagan moliyaviy inqirozga» javoban tuzilgan.
Foto: GEOFFROY VAN DER HASSELT/AFP
Fransiya va ittifoqchilar Falastin muxtoriyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun Favqulodda koalitsiya tuzdi. Birlashmaning asosiy maqsadi milliy ma’muriyatning hududlarni boshqarish, fuqarolarga hayotiy muhim xizmatlarni ko‘rsatish va xavfsizlikni ta’minlash qobiliyatini saqlab qolishdir, deb xabar berdi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi.
Birlashmani tuzishda Belgiya, Daniya, Fransiya, Islandiya, Irlandiya, Yaponiya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Sloveniya, Ispaniya, Shveytsariya va Buyuk Britaniya ishtirok etdi.
Koalitsiya Falastin milliy ma’muriyati duch kelgan va uning uchun halokatga aylanishi mumkin bo‘lgan «eng keskin va misli ko‘rilmagan moliyaviy inqirozga» javoban tuzilgan. Mamlakatlar vakillarining ta’kidlashicha, Falastinni qisqa muddatli qo‘llab-quvvatlash yetarli emas: «xalqaro moliya institutlari ishtirokida shaffoflik va hisobdorlikni qat’iy ta’minlagan holda tizimli, bashorat qilinadigan va kelishilgan yondashuv» zarur.
Koalitsiya tuzish bilan birga, ushbu davlatlar tashqi ishlar vazirlari Isroildan Falastin ma’muriyati ishiga to‘sqinlik qiladigan, uni zaiflashtiradigan yoki qulashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday chora-tadbirlarni to‘xtatishni talab qildi. Ularning ta’kidlashicha, Falastinning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash «falastinliklar, isroilliklar va butun mintaqa uchun tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka sarmoyadir».
Xabarda koalitsiyaga a’zo davlatlarning Falastinga moliyaviy yordam miqdori haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
07:35
Raketa o‘rniga nur: Isroil dunyodagi birinchi jangovar lazerni joylashtirish arafasida
13:42 / 05.12.2025
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025