Tehron va Moskva Eronda yangi atom energetika bloklarini quriş böyiça kelişuv imzoladi. Hujjat BMTning Islom Respublikasiga qarşi sanksiyalari qayta tiklanişi mumkin bölgan muddat tugaşidan bir kun oldin qabul qilingan. Bu haqda 26 sentabr, juma kuni Eron Atom energiyasi taşkiloti (EAET) ma’lum qildi.
Şartnoma Eronning Iran Hormoz kompaniyasi va "Rosatom" davlat korporatsiyasining şu’ba korxonasi "Rusatom Enerdji Prodjyeks" örtasida imzolangan. AFP xabariga köra, kelişuv qiymati 25 milliard dollarni (21 milliard yevro) taşkil etadi.
Loyiha har biri taxminan 1255 MVt quvvatga ega bölgan törtta uçinçi avlod atom elektr stansiyasi (AES) energobloklarini öz içiga oladi. Umumiy quvvat 5020 MVtni taşkil qiladi.
Loyiha Xormozgan va Eron janubidagi Sirik porti hududida 500 gektar maydonda amalga oşiriladi. EAET ma’lumotlariga köra, maydonçani tanlaş tugallandi hamda muhandislik va ekologik tadqiqotlar yakunlandi.
"Rosatom" hozirça ma’lumotga izoh bermadi.











