BMTning 80-sessiyasi Falastin borasidagi tarixiy buriliş bilan yodda qoladigan böldi: Ğarbning katta davlatlari Falastinni tan oliş “paradi”ni ötkazdi. Fransiya, Birlaşgan Qirollik, Kanada, Avstraliya, Belgiya, Portugaliya va yana bir qança davlatlar endi rasman nafaqat Isroilni, balki Falastinni ham mustaqil davlat deb hisoblaydi.
Bu davlatlar şu paytga qadar buning uçun Isroilning “roziligi”ni kutardi. Lekin bu safar Isroilning “roziligi”siz qaror qabul qilişdi.
Davlatni tan oliş – orqaga qaytmaydigan diplomatik va huquqiy qadam. Ertaga, fikr özgarib qolib, “biz tan olişdan voz keçamiz” deyiş mumkin emas. Diplomatik aloqalarni uziş mumkin, unda ham keskin vaziyat yuz bersa. Lekin tan oliş borasidagi pozitsiyadan ortga çekinib bölmaydi.
Britaniya – Isroilni yaratiş ğoyasini örtaga taşlagan, amalda uning asosçisi hisoblanadi. Isroil degan davlat yoki yahudiylarning milliy davlati taxminan ikki ming yil davomida mavjud bölmadi. Eramizning 70-80-yillarida Rim imperiyasining bosimi va quvğini sabab yahudiylar davlati yöq bölib ketadi. 1917 yil 2 noyabrda Britaniya parlamenti deputati, taşqi işlar vaziri Artur Balfur Falastinda “yevrey xalqining milliy uyi”ni taşkil etiş ğoyasini örtaga taşlovçi deklaratsiyani e’lon qiladi. Ikkinçi jahon uruşidan keyin BMT tuziladi va 1947 yilda Isroil davlati taşkil etiladi. Va bu davlat keyinçalik yadro quroliga ega davlatlardan biriga aylanadi.
Fransiya esa – Şarl de Goll boşçiligida Isroilga yadro qurolini qölga kiritişda asosiy yordam bergan davlat. Bugun Isroilning ana şu ikki muhim ittifoqçisi uning ra’yiga qaramasdan Falastinni tan olişdi.
Şu tariqa, BMTga a’zo 193 ta davlat orasida Falastinni suveren davlat sifatida e’tirof etuvçilar soni 157 taga yoki 81 foizga yetdi.
Falastinni tan oliş borasida Kollektiv Ğarb ikkiga bölindi. Endi Falastinni AQŞdan taşqari faqat Germaniya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi katta davlatlar tan olmay turibdi. Lekin tez orada bu röyxatda faqat AQŞning bir özi qoladi, boşqa katta davlatlar ham yaqin oylar va yillar davomida Falastinni tan olişadi. Bu – vaqt masalasi.
Xöş, Falastin Ğarbning qudratli davlatlari tomonidan tan olinişining oqibatlari qanday böladi?
Birinçidan, bungaça BMT Xavfsizlik Kengaşidagi doimiy beş a’zodan uçtasi öta isroilparast edi va faqat Rossiya hamda Xitoy Falastinni rasman davlat sifatida tan olardi. Endi Xavfsizlik Kengaşi doimiy a’zolari içida faqat AQŞ Falastinni tan olmaydi. Xavfsizlik Kengaşida, BMTda, xalqaro maydonda Isroilning asosiy himoyaçisi faqat Vaşington bölib qoladi.











