Serbiyada 28 sentabr kuni Moldovada bölib ötgan parlament saylovlari paytida tartibsizliklar uyuştirişga tayyorgarlik körganlikda gumon qilingan ikki kişi hibsga olindi. Bu haqda 26 sentabr, juma kuni Serbiya Içki işlar vazirligi ma’lum qildi.

Qölga oliş Içki işlar vazirligi Terrorizmga qarşi kuraş xizmati, Xavfsizlik va axborotlaştiriş agentligi hamda tegişli prokuratura organlari xodimlari iştirokida amalga oşirildi.

Hibsga olingan 1988 va 1978 yillarda tuğilgan şaxslarga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. Tergov ma’lumotlariga köra, ular «Moldova va Ruminiya fuqarolari uçun taktik jangovar maşğulotlarni taşkillaştirgan», saylovlar buzilgan taqdirda «Moldova politsiyasi xodimlariga samarali jismoniy qarşilik körsatişga» tayyorlagan.

Erkaklardan biri Serbiyaning Loznitsa yaqinida ötkazilgan maşğulotlarni taşkil qilgan va moliyalaştirgan, ikkinçisi esa unga yordam bergan, deya ta’kidladi idora. Uning ma’lumotlariga köra, maşğulotlar 16 iyuldan 12 sentabrgaça 150-170 nafar Moldova va Ruminiya fuqarolari uçun ötkazilgan.