Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha ukrainalik qochqinlar uchun shartlarni qat’iylashtirdi
Polsha hukumati ukrainalik qochqinlar uchun vaqtinchalik himoya muddatini uzaytirdi, ammo 2026 yil 4 martdan keyin.
Foto: Wojtek Radwanski/AFP
Polsha prezidenti Karol Navrotskiy mamlakatda yashovchi ukrainalik qochqinlar uchun maxsus himoya dasturlarini uzaytirish haqidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, hujjat ukrainaliklarning mamlakatda bo‘lish shartlarini kuchaytiradi, deb ma’lum qildi 26 aprel, juma kuni Polsha prezidenti ma’muriyati rahbari Zbignev Bogutskiy. Uning bayonotini Polshaning PAP axborot agentligi keltirgan.
Asosiy o‘zgarishlardan biri voyaga yetmaganlarga nafaqa berish qoidalariga tegishli. Shu tariqa, xorijliklarning ota-onalari — nafaqat ukrainaliklar — Polshada ishlagan va mamlakatda soliq to‘lagan taqdirdagina farzandlari uchun ijtimoiy nafaqa olishi mumkin bo‘ladi, deb yozadi PAP qonun loyihasi matniga tayanib. Polshaning Bankier nashriga ko‘ra, bolalar nafaqasini olish uchun, nogironlar bundan mustasno, bola Polshadagi ta’lim muassasalariga ham borishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, Bogutskiyning so‘zlariga ko‘ra, Polshada ishlamaydigan xorijliklar endi bir qator bepul tibbiy xizmatlar va boshqa imtiyozlardan foydalana olmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi qarorlar «Polsha soliq to‘lovchilari hisobidan Ukrainadan sayyohlikka amalda chek qo‘yadi».
Mavzuga oid
12:10 / 13.12.2025
Belarusdan yerosti tunneli orqali Polshaga 180 nafardan ortiq noqonuniy migrant kirib keldi
15:31 / 11.12.2025
Polsha dron texnologiyalari evaziga Kiyevga MiG-29 samolyotlarini berish niyatida
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
14:31 / 03.12.2025