Sönggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda göyoki Toşkent şahrida bola öğrilari paydo bölgani, maktablar, köp qavatli uylar oldida bolalarni aldab maşinaga solib olib ketişmoqçi bölgani haqida audio ovozli xabarlar tarqalmoqda.
Toşkent şahar IIBB ma’lum qilişiça, mazkur xabarlar haqiqatga zid bölib, Toşkent şahrida sönggi beş yillik tahlillar jarayonida bola öğirligi holatlari qayd etilmagan.
"Hurmatli şahar aholisi va mehmonlari! Iltimos, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmang va ularni tarqatmang. Yolğon axborot tarqatiş qonun bilan javobgarlikka sabab böladi", deyiladi rasmiy organ xabarnomasida.
















