Strategik islohotlar agentligida «Reformatics» konsalting kompaniyasi rahbari Nika Gilauri bilan uçraşuv bölib ötdi, deya xabar berdi agentlik axborot xizmati.
Mazkur kompaniya bilan hamkorlikda Özbekistonda turizmni rivojlantiriş böyiça 2040 yilgaça möljallangan strategiya ustida iş olib borilyapti. Şu maqsadda ekspertlar tomonidan mamlakatdagi mehmonxonalar va turoperatorlar holati, transport infratuzilmasi, viza masalalari, har bir hududdagi sayyohlik salohiyati, xizmat körsatiş majmualari örganilgan.
«Ötgan yili mamlakatimizga 10 milliondan ortiq xorijiy turist kelgan. Lekin köplab tarixiy obidalar, xuşmanzara joylar, madaniy va gastronomik imkoniyatlarga nisbatan bu kam. Şu bois xorijiy turistlar sonini yiliga 20 million nafarga yetkaziş hamda yuqori daromadli sayyohlarni jalb etiş maqsad qilinmoqda.
Konsalting kompaniyasi bunga erişiş uçun bir qator tavsiyalarni bildirgan. Ular 5 ta ustuvor yönaliş – madaniyat va tarix, gastronomiya, Luxary turizm, köngiloçar turizm hamda innovatsion turizmni rivojlantirişga qaratilgan. Bu, öz navbatida, yangi turistik mahsulotlarni yaratiş, xizmat körsatiş sifatini keskin oşiriş, sohaga investitsiyalarni jalb qiliş, samarali marketing kampaniyalari orqali mamlakatni xalqaro maydonda kengroq tanitiş kabi kompleks çora-tadbirlarni talab etadi», deyiladi xabarda.
Strategik islohotlar agentligi direktori turistlarni jalb qilişda birinçi omil bölgan transport sohasida qulayliklarni oşiriş, xalqaro qatnovlarni köpaytiriş muhimligini ta’kidlagan. Ayniqsa, mamlakat hududlari örtasida faqat Toşkent orqali emas, töğridan töğri aviaparvozlarni ham yölga qöyib, içki turizmni rivojlantiriş masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Şunga muvofiq, «Reformatics» konsalting kompaniyasi mutaxassislarining har bir hududga taşrifini taşkil etib, mutasaddilar bilan birga qöşimça imkoniyatlarni örganişga kelişib olindi. Bu orqali hududiy salohiyatdan töla foydalaniş böyiça takliflar işlab çiqiladi.











