Şanba kuni Karur okrugida aktyor va siyosatçi Vidjayning saylovoldi tadbiriga ön minglab odamlar yiğilgan.
Mahalliy OAV xabariga köra, tadbir bir neça soatga keçiktirilgan. Televizion kadrlarda olomon içida huşini yöqotayotgan odamlarni köriş mumkin.
Mahalliy şifoxona yonida jurnalistlarga ma’lumot bergan siyosatçi Sentil Balaji halok bölganlar sonini tasdiqladi va 50 dan ortiq kişi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Ştat soğliqni saqlaş vaziri Ma Subramanianning mahalliy OAVga ma’lum qilişiça, halok bölganlar orasida kamida 16 nafar ayol, töqqiz nafar erkak va olti nafar bola bor.
Tamilnad ştati hukumati rahbari Mutxuvel Karunanidxi Stalinning aytişiça, ba’zi odamlar tiqilinçda huşidan ketganidan keyin şifoxonaga yetkazilgan, rasmiylar qöşni hududlardagi şifokorlarni yordam uçun çaqirgan.
Şuningdek, u halok bölganlarning oila a’zolariga bir million rupiy (11300 AQŞ dollari) miqdorida tovon puli tölanişi va hodisa yuzasidan tekşiruv ötkazilişini ma’lum qildi.
Internetda e’lon qilingan bayonotida Vidjay «qalbi çilparçin bölgani» va «çidab bölmas, ta’riflab bölmas oğriq va qayğu»ni boşdan keçirayotganini aytdi.
U halok bölganlarning oila a’zolariga «çuqur hamdardlik» bildirib, şifoxonada yotganlarning «tezroq soğayib ketişi»ni tilagan.

Hindiston boş vaziri Narendra Modi X platformasidagi postda sodir bölgan voqeani «qayğuli baxtsiz hodisa» deb atadi.
Hindistonda olomon orasida tiqilinçlar kamyob hodisa emas, şu yilning özida bir neçta şunga öxşaş fojialar sodir böldi, maşhur Kumbx Mela festivalidagi tiqilinç hamda «Royal Challengers» nomli mahalliy kriket jamoasining ğalabasini nişonlaş paytida stadionning kiriş qismida röy bergan tiqilinç şular jumlasidan.











