Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning huquqlari himoyasi kuchaytiriladi
O‘zbekiston diplomatlari Polsha Davlat mehnat inspeksiyasi bosh inspektori o‘rinbosari Urshula Langer uchrashdilar.
Uchrashuvda Polshada vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquq va manfaatlarini himoya qilish, noqonuniy mehnatni oldini olish, O‘zbekistondagi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarning huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlash, migratsiya sohasidagi qonunchilikni muvofiqlashtirish va uch tomonlama shartnomalar amaliyotini joriy etishga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro tajriba almashish va o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining huquqlarini ta’minlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
20:27 / 26.06.2026