Oliy sud matbuot xizmatining xabar berişiça, Husniddin Çoriyev Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasining bojxona katta inspektori lavozimida işlagan.
U bir guruh şaxslar bilan jinoiy til biriktirib, katta miqdordagi mandarin mahsulotlarini bojxona bayonnomasida körsatmasdan, undirilişi lozim bölgan bojxona tölovlaridan qoçişda xizmat lavozimidan foydalanganlikda, davlatga juda köp miqdorda zarar yetkazişda ayblangan.
Qaşqadaryo viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasining joriy yil 22 sentabrdagi hukmiga muvofiq Jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudining 2006 yil 31 oktyabrdagi hukmi va jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2006 yil 27 dekabrdagi ajrimi bekor qilinib, Husniddin Çoriyev aybsiz deb topildi va oqlandi.










