2025 yil 28 sentabrga ötar keçasi Rossiya harbiylari Ukraina hududiga eng yirik zarbalardan birini amalga oşirdi.
Ukraina harbiy-havo kuçlari ma’lumotlariga köra, Rossiya jami 593 ta dron, «Banderol» tipidagi ikkita reaktiv dron, X-101 rusumli 38 ta qanotli raketasi, «Kalibr» rusumli sakkizta qanotli raketasi hamda «Kinjal» rusumli ikkita aeroballistik raketasini uçirgan.
Ukraina qurolli kuçlari jami 15 ta lokatsiyada beşta raketa va 31 ta dronning töğridan töğri zarbalari, şuningdek, 25 ta lokatsiyada urib tuşirilgan raketalar va dronlarning parçalari qulaşi qayd etilganini ma’lum qilgan.
Eng asosiy zarbalar Kiyev şahri va Kiyev oblastiga töğri keldi. Kiyevning Solomenskiy rayonidagi beş qavatli turar joy binosi qisman vayron bölgan, 12 yoşli qizça vayronalar ostida qolib ketgan. Kardiologiya institutiga zarba berilişi oqibatida ikki kişi – hamşira va bir bemor halok bölgan. Şahar meri Vitaliy Kliçkoning ma’lum qilişiça, şaharda jami tört kişi halok bölgan, yana 14 kişi yaralangan.
Kiyev oblastida hujum tufayli Buçanskiy, Fastovskiy, Belotserkovskiy, Obuxovskiy va Borispol rayonlarida şikastlanişlar qayd etilgan. Petropavlovskaya Borşçagovka qişloğida oltita köp qavatli va önta xususiy uy şikastlangan, dedi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Nikolay Kalaşnik. 30 kişi jarohatlangan, ulardan 4 nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Zaporijjyada raketalardan biri töqqiz qavatli uy yaqiniga kelib urilgan, natijada uyda va unga tutaş hududda kuçli yonğin boşlangan. Hodisa oqibatida kamida 30 kişi, jumladan, uç nafar bola jabrlangan. Şuningdek, Rossiya zarbalari tufayli Çernihiv, Dnipropetrovsk, Mikolayiv, Sumi va Odessa oblastlarida yonğinlar sodir bölgan.
Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko ma’lumotlariga köra, Rossiya hujumi natijasida mamlakat böylab yuzdan ortiq fuqarolik obektlariga zarar yetgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «bu qabih hujum aslida BMT Boş Assambleyasi haftasining yakuni sifatida sodir bölganini va Rossiya özining haqiqiy pozitsiyasini aynan şunday e’lon qilayotgani»ni aytdi. Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasi energiya resurslarini sotişdan yetarli mablağ olayotganda va uning yaşirin floti faoliyat yuritayotganda, uruşni davom ettiriş Kreml uçun foydalidir. «Biz Rossiyani pul işlaş imkoniyatlaridan mahrum qiliş va diplomatiyaga majburlaş uçun javob zarbalarini berişda davom etamiz», – dedi Zelenskiy.




















