Yuzlab anonim TikTok akkauntlari 3-4 oktyabr kunlari bölib ötadigan Çexiya parlamenti quyi palatasiga saylovlar arafasida rossiyaparast pozitsiyani faol ravişda tarqatmoqda va radikal partiyalarni qöllab-quvvatlamoqda. Bu haqda 28 sentabr, yakşanba kuni Çexiyaning Online Risk Labs tadqiqot guruhi ma’lum qildi.
U 286 ta şunday akkauntni aniqladi. Mutaxassislarning fikriga köra, körişlar haftasiga 5 milliondan 9 milliongaça — yirik partiyalar rahbarlarining umumiy auditoriyasidan köproq. «Uşbu akkauntlar heç qanday siyosiy taşkilotga aloqador emas, aksinça, bir qança radikal va ekstremistik partiyalarni qöllab-quvvatlaşini namoyiş etadi», — deya xabar berdi Online Risk Labs.
Çexiya aholisining deyarli çorak qismi TikTokʼdan foydalanadi, deya xabar beradi Reuters. Çexiya telekommunikatsiya regulyatori CTU akkauntlardagi kontent böyiça bir neçta şikoyatlar olganini ma’lum qildi. «Biz bu ayblovlarni asosli deb hisobladik va ularni yirik platformalar böyiça nazorat organi sifatida Yevropa komissiyasiga yubordik», deya xabar berdi CTU.
TikTok va Çexiya Içki işlar vazirligi vakillari hozirça ma’lumotga izoh bermadi.
Deník N portali xabar qilganidek, akkauntlar Yevropa Ittifoqi va NATOga qarşi kontent tarqatadi, Ukrainadagi uruşni oqlaydi va SPD ("Ozodlik va töğri demokratiya") hamda Stačilo! ("Yetarli!") kabi öng populistik partiyalarni tarğib qiladi.











