Sönggi kunlarda noma’lum uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA) bilan boğliq hodisalar ortib borayotgan bir paytda Daniya qiruvçi samolyotlarini havoga kötardi. 28 sentabr, yakşanba kuni keçqurun harbiy samolyot Bornholm oroli uzra bir neçta parvozlarni amalga oşirdi, deb xabar berdi mahalliy politsiya TV 2 telekanaliga. Ularga köra, bu «çalğituvçi operatsiya» bölgan.
Ikkita F-35 qiruvçi samolyoti iştirok etdi, deb xabar berdi Berlingske naşri politsiyaga tayanib. Daniya qurolli kuçlari ma’lumotni tasdiqlamadi va izoh bermadi.
Bundan taşqari, keça davomida politsiya uçuvçisiz uçoqlar kuzatilgani haqida köplab xabarlarni oldi. Bunga javoban u öz patrullari yordamida tekşiruv ötkazdi. «Bugun - yulduzli tun. Aynan şu narsa xabarlarning köp bölişiga sabab bölgan», — deya tuşuntirdi huquq-tartibot idoralari.











