Germaniya hukumati Afğoniston poytaxti Kobulda toliblar bilan afğonlarni Germaniyadan deportatsiya qiliş böyiça muzokaralarni boşlamoqda. «Afğonistonga deportatsiyalar muntazam ravişda amalga oşirilişi kerak! Şuning uçun jinoyatçilar va xavfli şaxslar doimiy ravişda bu yerdan çiqarib yuborilişi uçun biz hozir töğridan töğri Kobulda muzokaralar olib bormoqdamiz», dedi içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt Bild am Sonntag haftalik naşriga 28 sentabr, yakşanba kuni çop etilgan intervyusida.

Naşr ma’lumotlariga köra, Germaniya IIV rasmiylari rejim vakillari bilan uçraşuvlar ötkaziş uçun oktyabr oyidayoq Kobulga uçib ketişi rejalaştirilgan. Vazirlik vakili ham bu aloqalarni tasdiqladi.

Şu paytgaça muzokaralar «Afğoniston vakillari bilan faqat texnik darajada» ötkazilişi haqida gap yuritilgan, ular qayerda ötişi esa aniqlaştirilmagan. Ularni Kobulda ötkaziş qarori munozarali, çunki Germaniya va toliblar örtasida rasmiy diplomatik aloqalar yöq.

2021 yil avgustida "Tolibon" hokimiyatga qaytganidan beri Afğoniston xalqaro miqyosda yakkalanib qolgan. Bunga inson huquqlari, xususan, ayollar huquqlarining muntazam ravişda buzilişi sabab bölmoqda.