HAMAS guruhi jangçilari Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) havo hujumlari tufayli 2023 yil 7 oktyabrda garovga olingan ikki isroillik bilan «aloqa uzilganini» da’vo qilmoqda, deb xabar berdi AFP va Reuters. Ularga köra, Falastin guruhining harbiy qanoti "Izzad-Din al-Qassam" brigadasi 28 sentabr, yakşanba kuni TSAHALning Ğazo şahrining Sabra va Tal al-Hava hududlarida sönggi ikki kun içida olib borgan amaliyotlari ortidan isroillik Matan Angrest va Omri Miran bilan aloqa uzilganini ma’lum qilgan.

Reuters xabar berişiça, HAMAS Isroilni «garovga olinganlarni xavfli hududdan olib çiqiş» uçun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan boşlab 24 soat davomida havo hujumlarini töxtatişga çaqirgan.

AFP eslatişiça, HAMAS avvalroq Isroil va AQŞ fuqaroligiga ega bölgan garovga olingan şaxs bilan aloqa uzilgani haqida xabar bergan, biroq u bir neça kundan keyin qöyib yuborilgandi.