Tashtrans.uz loyihasi mualliflari ta’kidlaganidek, harakat töxtatilganiga qaramay, taşuvçi yönalişning yopiliş sanasini oldindan e’lon qilmagan.
1226-sonli avtobus 1 iyuldan iş boşlagan hamda aholi va sayyohlar orasida maşhur bölgan. Avtobuslar har kuni «Maşinasozlar» metro bekatidan Çorvoqqa (Xumson orqali) har 90 daqiqada qatnaydi. Birinçi avtobus ertalab soat 6:00 da, oxirgisi 20:30 da jönab ketadi. Örtaça yöl vaqti taxminan 1 soat 30 daqiqani taşkil etdi.
Yönalişda har biri 47 yölovçiga möljallangan zamonaviy MAN RR3 turistik avtobuslaridan foydalanilgan. Ular konditsioner va qulay örindiqlar bilan jihozlangan. Yöl haqi 25 000 söm bölib, tölovni naqd yoki karta orqali amalga oşiriş mumkin edi.
Avtobuslar Maxtumquli köçasi böylab, Yangi Özbekiston boği, Xöjakent turar joy massivi va Çinorkent dam oliş maskani orqali Xumson qişloğiga borgan va u yerdan Çorvoq tomon yönaliş davom etgan.











