Mamlakatning Islomoboddagi diplomatik vakolatxonasidan olingan ma’lumotga köra, fuqaro X.E. Pokistonga aldov yöli bilan kelib qolganini, odam savdosi qurboniga aylanganini ma’lum qilgan va Özbekistonga qaytişida kömak sörab murojaat qilgan.
U 2018 yilda Pokistonning Lahor şahriga ayollar salonida işlaş şarti bilan kelgan. Biroq, Lahorda noma’lum şaxslar tomonidan fohişalik uyiga sotib yuborilgan.
Özbekiston elçixonasi murojaatda keltirilgan vajlarni örganib, X.Ye.ga tezkor konsullik-huquqiy yordam körsatdi. Zarur hujjatlar, jumladan vatanga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirildi.
Pokiston mutasaddi vazirlik va idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mamlakatda bölib turiş qoidalarini buziş bilan boğliq javobgarlikka tortiş holati bartaraf etildi. X.Ye. jarima va tölovlarsiz deportatsiya qilinişi ta’minlandi.
Özbekiston elçixona va Migratsiya agentligi yordamida fuqaroga Özbekistonga qaytiş uçun aviaçipta xarid qilindi va u 27 sentabr kuni Uzbekistan Airways AJning "Islomobod-Toşkent" reysi orqali vatanga qaytarildi.











