«Tolibon» harakati 28 sentabr, yakşanba kuni AQŞ fuqarosi Amir Amiriy ozod etilganini e’lon qildi. Sobiq mahbus AQŞ prezidentining garovga olinganlar masalalari böyiça vakili Adam Belerga topşirildi. Şu oy boşida Vaşington rasmiysi "Tolibon" bilan ehtimoliy mahbuslar almaşinuvi haqida muzokaralar olib bordi.

Amiriyning hibsga olinişi holati haqida kam narsa ma’lum. Vaziyatdan xabardor manbaga köra, Amiriy 2024 yil dekabr oyidan beri hibsda edi. Uyiga qaytayotganda ozod etilgan şaxs Qatar poytaxti Dohada tibbiy körikdan ötadi.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bu şaxsning ozod etilişini ta’minlaşda körsatgan yordami uçun Qatarga minnatdorçilik bildirdi. AQŞ prezidenti Donald Tramp «aniq aytdi: xorijda nohaq hibsga olingan har bir amerikalik öz uyiga qaytmagunça, biz töxtamaymiz», deb ta’kidladi davlat kotibi.