Dubay köçmas mulk bozoriga bölgan qiziqişni çetlab ötiş qiyin. Deyarli har kuni yangi loyihalar e’lon qilinadi. Kengayib borayotgan şahar hududi va osmonöpar binolar qizğin ketayotgan iş jarayonidan darak beradi. Yöllarda tirbandliklar ham köpaygan. Yangi mizojlarning oqib kelişi narxlarning yanada oşişiga rağbat yaratyapti.
Deutsche Bank ma’lumotiga köra, sönggi beş yilda şahar markazidagi kvartiralarning kvadrat metriga töğri keladigan narxi dollar hisobida 122 foizga oşgan. Bu Germaniya banki kuzatgan 69 ta şahardan faqat Riyoddan keyingi ikkinçi eng yaxşi körsatkiç.

Uy-joy narxlari 2014 yildagi çöqqi darajasidan 20 foiz qimmatroq. Yil boşidan avgustgaça bölgan vaqt oraliğida umumiy köçmas mulk savdolari 441 milliard dirhamni (120 milliard dollar) taşkil etdi — bu 2024 yilning şu davriga nisbatan uçdan bir qismga köp. Rekord darajadagi körsatkiçlar tez orada narxlarning töğrilanişi haqidagi ogohlantirişlar va ortiqça taklifdan xavotirlarni keltirib çiqaryapti. The Economist’ning yozişiça, ayni paytdagi bezovtalik oşirib yuborilgandek körinadi: talab barqaror, quruvçilar intizomli bölib qolişgan. BAAning köçmas mulk bozori nihoyat «ulğaygan».
Albatta, Dubay tarixida mislsiz kötariliş va keskin qulaş davrlari bölganini hisobga oliş kerak. Köçmas mulk böyiça ekspertlarning ogohlantirişiça, böronni boşlab bergan «past osilgan mevalar» endi qolmagan: Ukrainadagi uruş fonida kelib qolgan rus milliarderlari xaridlarni tugatdi; Bombeydan atigi bir neça soatlik masofadan boşpana izlagan hind biznes gigantlari va Bollivud yulduzlari soni çeklangan; yangi paydo bölgan kripto qirollar ham juda kam. Şuningdek, yaşaş xarajatlarining keskin oşişi, xususan, import mahsulotlari narxining kötarilişi Birlaşgan Arab Amirliklarini boylar uçun kamroq jozibador qilişi mumkin.

Hozirça kuçli talab bor. Henley & Partners’ning dastlabki hisob-kitoblariga köra, joriy yil Amirliklarda millionerlar soni yana 9 800 kişiga oşadi — bu butun dunyo böyiça eng yuqori körsatkiç. Ötgan yil Dubay 10 million dollar yoki undan qimmat bölgan uy-joy savdolarida ham rekord örnatdi. Biroq uy narxlarining oşişiga eng katta turtki boylar emas. BAA aholisi 11 millionga yetib, 2020 yildan beri beşdan bir qismga köpaydi. Yangi kelganlar avvalgilarga qaraganda yoş va sifatliroq ta’lim darajasiga ega. Natijada ular tezroq uy-joy egasiga aylanişyapti. Brokerlarning sözlariga köra, ularning mijozlari orasida hayot sifati yomonlaşganidan şikoyat qilib kelgan britaniyaliklar, Dubayda yaşab öz yurtida biznes yuritadigan afrikalik tadbirkorlar va soliqsiz boşpana hudud izlayotgan yevropaliklar köp.












