Fido-Biznes Özbekistonda mikromoliyaviy taşkilotlar (MMT)ni yaratiş va boşqariş uçun asosiy platformaga aylanişi mumkin bölgan yangi sohaviy yeçim — FB NKO’ni taqdim etdi. Tizimning birinçi foydalanuvçisi TBC Bank bölib, u özining mikromoliyaviy taşkilotini FB NKO dasturiy ta’minoti asosida işga tuşirdi.

FB NKO MMT bozori xususiyatlari va Markaziy bank talablarini hisobga olgan holda işlab çiqilgan. Platforma moliyaviy operatsiyalarning töliq davrini qamrab olib — mikrokreditlarni avtomatlaştirilgan tarzda rasmiylaştiriş va kuzatişdan tortib davlat xizmatlari bilan integratsiya va regulyator uçun hisobot tayyorlaşgaça funksionalni öz içiga oladi. Bundan taşqari, dasturiy ta’minot buxgalteriya va kadrlar hisobini qamrab oladi, bu esa öz navbatida asosiy ma’muriy funksiyalarni avtomatlaştiriş imkonini beradi. Şuningdek, platforma tarkibiga arizalar va qarz beriş jarayonlarini boşqariş uçun kredit konveyeri hamda mijozlar bilan işlaş va uzoq muddatli munosabatlarni yölga qöyiş uçun CRM (sustomer relationship management) tizimi ham kiradi.
FB NKÖning asosiy imkoniyatlari:
· Mikrokreditlaş jarayonlarini avtomatlaştiriş — sozlanadigan skoring, şartnomalar, tölov jadvallari;
· Regulyator talablariga muvofiqlik — hisobot mexanizmlari va davlat organlari bilan integratsiya;
· Moslaşuvçanlik — masştablaş va yangi xizmatlarni ulaşga tayyorlik;
· Zamonaviy raqamli tajriba — ilovalar, tölov xizmatlari va ekotizimlar bilan integratsiya uçun oçiq API’lar;
Fido-Biznes vakillarining ta’kidlaşiça, FBO NKO mahsuloti mikromoliya sektorini rivojlantiriş uçun yaratilgan asosiy yeçim bölib, yangi va mavjud MMTlar uçun iş boşlaşni tezlaştiradi va samaradorlikni oşiradi. Kompaniya mikromoliya sektorini rivojlantirişni özining strategik yönalişlaridan biri sifatida belgilab quygan.
«Biz FB NKÖni nobank kredit taşkilotlarini tezkor işga tuşiriş va samarali boşqariş uçun yaratdik. TBC Bank bilan qöşma loyiha - texnologiyalar bank va fintex kompaniyalarga biznesning yangi yönalişlarini rivojlantirişda qanday yordam berişi mumkinligining yorqin namunasi böladi», — deydi Oybek Xöjayev, proyektlarni boşqariş böyiça





