Boşqaruv guruhi qarori bilan Özbekiston uşbu tuzilmaning 35-a’zo mamlakatiga aylandi.
Aksilkorrupsiya taşabbusi 1999 yilda Osiyo taraqqiyot banki va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti hamkorligida taşkil etilgan. Uning asosiy maqsadi — BMTning korrupsiyaga qarşi konvensiyasini samarali amalga oşiriş orqali mintaqadagi davlatlarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş salohiyatini oşiriş, halollik, şaffoflik va hisobdorlikni mustahkamlaş.
Bugungi kunda taşabbusga 34 davlat a’zo bölib, ular orasida Singapur, Gurjiston, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Vetnam, Ozarboyjon va boşqa Osiyo–Tinç okeani mamlakatlari bor.
Uning doirasida mintaqaviy konferensiyalar, seminarlar, ekspert uçraşuvlari hamda davlatlararo tajriba almaşuvlari ötkazib kelinadi.
Özbekiston delegatsiyasi vakillari Indoneziya korrupsiyani bartaraf etiş komissiyasi bilan uçraşuv ötkazib, ikki mamlakat davlat organlarida korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan çoralarni muvofiqlaştiriş, yoşlarni halollik ruhida öqitiş kabi yönalişlarda hamkorlik qiliş yuzasidan idoralararo qöşma hujjat işlab çiqiş va imzolaşga kelişib oldi.











