Qabul davomida fuqarolarga şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar, tuğilganlik haqidagi guvohnoma, notarial hujjatlarni oliş va fuqarolik holatiga oid masalalar böyiça yordam körsatildi.
Şuningdek, mahalliy qonun-qoidalarga rioya etiş, noqonuniy taşkilotlar faoliyatida iştirok etmaslik yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Vatandoşlarga huquqlari buzilgan taqdirda Özbekiston elçixonasiga murojaat qiliş tartiblari tuşuntirildi.
Safar doirasida "Nagoya-Özbekiston döstlik hamjamiyati" taşabbusi bilan Özbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bağişlangan tantanali bayram tadbiri ötkazildi. Unda san’at ustalari iştirokida konsert dasturi bölib ötdi.
Özbekiston diplomatlari, şuningdek, Yaponiyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, Aiçi prefekturasi Savdo-sanoat kooperativlari assotsiatsiyasi bilan mamlakatda öquv markazini oçiş va hamyurtlarimizni Yaponiyada iş bilan ta’minlaşga qaratilgan qöşma loyiha amalga oşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.











