29 sentabr kuni Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahuni qabul qilgan AQŞ prezidenti Donald Tramp Yaqin Şarqda tinçlikni ta’minlaşga «yaqin» ekanligini aytdi. «Eng kamida, juda-juda yaqin», — dedi Tramp Oq uyda ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida.

U Isroilning Ğazodagi uruşini yakunlaş va Hamas garovda uşlab turgan isroilliklar ozod etilişini ta’minlaşga qaratilgan yangi 20 bandlik rejasini bayon etdi. Trampning uruşni tugatişga oid rejasini Hamasning muzokaralar guruhi örganmoqda.

Trampning tinçlik rejasi

Oq uy e’lon qilgan tinçlik rejasi 20 banddan iborat. U – maxsus elçi Stiv Uitkoff va Trampning birinçi muddatdagi maslahatçisi, kuyovi Jared Kuşner tomonidan işlab çiqilgan. Rejaga köra, Ğazo qöşnilariga «tahdid solmaydigan, terrordan xoli» hududga aylantiriladi va ğazoliklarga foyda keltiriş maqsadida qayta rivojlantiriladi.

- Agar ikki tomon ham uşbu taklifga rozi bölsa, uruş darhol tugaydi. Isroil kuçlari garovdagilarni ozod qilişga tayyorgarlik köriş uçun kelişilgan çiziqqaça çekinadi. Bu vaqt davomida barça harbiy operatsiyalar muzlatib qöyiladi.

- Isroil uşbu kelişuvni omma oldida qabul qilganidan keyin 72 soat içida barça garovdagilar – tirik va vafot etganlar qaytariladi. Barça garovdagilar ozod etilgaç, Isroil umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 mahbusni, 7 oktyabr voqealaridan keyin hibsga olingan 1700 nafar ğazolikni ozod qiladi.

- Barça garovdagilar qaytarilgaç, qurollarini topşirişga rozi bölgan HAMAS a’zolariga amnistiya beriladi. Ğazoni tark etişni istagan HAMAS a’zolariga qabul qiluvçi mamlakatlarga xavfsiz ötiş ta’minlanadi.

- Uşbu kelişuv qabul qilingaç, Ğazo sektoriga darhol töliq humanitar yordam kiritiladi. Ğazoda yordamni kiritiş va tarqatiş ikki tomonning aralaşuvisiz BMT va uning agentliklari, Qizil Yarim Oy jamiyati hamda har ikki tomondan mustaqil bölgan boşqa xalqaro institutlar orqali amalga oşiriladi.

- Ğazo vaqtinçalik ötiş davri boşqaruvi ostida, siyosiy jihatdan betaraf, texnokrat falastinlik qömita tomonidan boşqariladi. Qömita faoliyatini raisi Tramp bölgan «Tinçlik kengaşi» nazorat qilib boradi. Bu tizimlar Falastin Ma’muriyati islohot dasturini töliq yakunlaguniga qadar işlaydi.