Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Sulhmi yoki Hamasga ultimatum?

29 sentabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni qabul qilib, Yaqin Şarqda tinçlik «juda yaqin» ekanini bildirdi. U Isroilning Ğazodagi uruşini tugatişga qaratilgan 20 bandlik rejasini taqdim etdi. Hujjatni maxsus elçi Stiv Uitkoff va Jared Kuşner işlab çiqqan.

Rejaga köra, Ğazo «terror»dan xoli hududga aylantiriladi, qayta rivojlantiriladi va vaqtinça betaraf texnokratlar qömitasi tomonidan boşqariladi. Qömitani Trampning özi nazorat qiladi. Uruşga nuqta qöyiş uçun Isroil kelişilgan çiziqqa çekinadi, harbiy harakatlar töxtaydi. 72 soat içida barça garovdagilar qaytariladi, şundan söng Isroil 250 umrbod mahbus va 1700 ğazolikni ozod qiladi. Qurol topşirgan Hamas a’zolariga amnistiya berilişi, istaganlari xorijga çiqişi mumkinligi qayd etilgan.

Humanitar yordam BMT va Qizil yarim oy orqali kiritiladi, quriliş işlari maxsus iqtisodiy zona orqali amalga oşiriladi. Barça harbiy infratuzilmalar yöq qilinadi, Ğazo demilitarizatsiyasi xalqaro kuzatuvçilar nazoratida keçadi. Şuningdek, AQŞ va arab davlatlari iştirokida Xalqaro barqarorlaştiriş kuçlari tuziladi. Bu tinçlikparvar kuçlar Ğazoga kiritilib, tanlab olingan Falastin politsiyasini öqitadi. Isroil esa Ğazoni anneksiya qilmasligiga va bosqiçma-bosqiç çekinişiga va’da beradi.

Matbuot anjumanida Tramp rejani «sivilizatsiya tarixidagi buyuk kun» deb atadi, arab va musulmon davlatlari qöllab-quvvatlaganini aytdi. Ammo Hamas hali rasmiy javob bermadi, qurolsizlaniş talabini rad etib kelmoqda. Netanyahu Isroil xavfsizlik çoralarini saqlab qolişini ta’kidladi. Köpçilik tahlilçilar rejani Hamas uçun «töliq taslim böliş» deb baholadi. Falastin ma’muriyati esa taşabbusni olqişlab, töliq bitim uçun muzokaraga tayyorligini bildirdi.

Trampning aytişiça, agar Hamas bu rejaga rozi bölmasa, Bibi AQŞ tomonidan töliq qöllovni oladi va kuçliroq harbiy harakatlarga «yaşil çiroq» yoqiladi.

Eron sanksiyalarga «qat’iy» javob bermoqçi

Rasmiy Tehron BMTning Eron va uning yadroviy dasturiga qarşi sanksiyalari qayta tiklanişiga «qat’iy javob berişga» tayyorligini ma’lum qildi. «Eron Islom Respublikasi öz huquqlari va milliy manfaatlarini qat’iy himoya qiladi, öz xalqi manfaatlari va huquqlariga qarşi qaratilgan har qanday harakatlarga qat’iy va adekvat javob beradi», — deya ma’lum qildi Eron Taşqi işlar vazirligi 28 sentabr, yakşanba kuni.