2025 yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati e’lon qilinişidan ön kun oldin AQŞ prezidenti Donald Tramp mukofot unga berilişi kerakligiga işonç bildirdi. Boşqa har qanday qaror Qöşma Ştatlar uçun «haqorat» böladi, dedi Tramp 30 sentabr, seşanba kuni Virjiniyadagi Kuantiko harbiy bazasida AQŞning yuqori martabali harbiy amaldorlari bilan uçraşuvda.

U tinçlik uçun Nobel mukofotini şaxsan özi uçun emas, AQŞ uçun olişni istaşini aytdi.

Tramp, xususan, Hindiston va Pokiston, Misr va Efiopiya, Serbiya va Kosovo örtasidagi mojarolarni tilga olib, yanvar oyida prezidentlikka kelganidan beri yettita uruşni tugatganini bir neça bor da’vo qilgan.

Nyu-Yorkda bölib ötgan BMT Boş assambleyasining 80-sessiyasida Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy DW'ning savoliga javob berar ekan, agar Tramp Rossiya bilan uruşni töxtata olsa, uni Nobel tinçlik mukofotiga nomzod qilib körsatişga va’da berdi. «Trampda bu uruşni tugatiş imkoniyati bor va agar u buni tugatsa, barça ukrainaliklar buni mamnuniyat bilan qilişiga aminman. Çunki bu aql bovar qilmaydigan missiya — uni tugatiş», dedi u. Trampning özi DW'ning Kiyev uni nomzod qilib körsatişi mumkinmi degan savoliga: «Nega bunday bölişi mumkin emas?» deb javob berdi.