BBC’​​ning AQŞ davlat departamentidagi muxbiri Tom Beytman Trampning Yaqin Şarq uçun tinçlik rejasi yuzasidan mulohazalarini bayon etdi.

Bu Amerika prezidentiga xos mubolağa. Ammo uning duşanba kuni Oq uyda Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşuvda bildirgan taklifi, Trampning balandparvoz bayonotlari darajasida amalga oşmasa ham, diplomatik jarayondagi muhim qadamdir.

Reja Ğazoning uruşdan keyingi kelajagi böyiça Oq uy pozitsiyasi özgarişini körsatadi va Netanyahuga Vaşington hozirgi kelişuvga rozi bölişi uçun qöllaşga uringanidan köra köproq bosim ötkazişni nazarda tutadi.

Uşbu reja amalga oşiş-oşmasligi doimiy fundamental savolga boğliq: Netanyahu ham, Hamas rahbariyati ham uruşni davom ettirişdan köra, uni hozir tugatiş foydaliroq deb hisoblaydimi?

Hamasning javobi hozirça aniq emas. Guruh vakillaridan biri bu rejani pessimistik baholagan va BBC bilan suhbatda uning şartlari falastinliklar manfaatlarini himoya qilmasligi hamda Isroilning Ğazodan çiqişi kafolatlanmasa, Hamas heç qanday taklifga rozi bölmasligini aytgan.

Netanyahu AQŞ prezidenti bilan uçraşuvda Isroil Tramp rejasining 20 ta bandini qabul qilişini, biroq uning koalitsiyasining ultraöng qismi ularning ba’zilarini allaqaçon rad etganini aytdi.

Reja bandlariga rozi böliş – uruşni tugatiş degani emas. Netanyahuning özi buni rad etayotgan bölsa-da, uning Isroildagi raqiblari boş vazirda kelişuvlar uning hokimiyatda qolişiga zarar yetkazadigan bölsa, ularni buziş odati borligini aytişmoqda.

Şunday ekan, Trampning taklifi AQŞ prezidenti juda qattiq xohlayotgan yutuq uçun yetarli bölişi qiyin. Rejada Isroil va Hamasning siyosiy doiralari uçun hamon tösiqlar mavjud bölib, ular oxir-oqibat kelişuvga erişişiga yöl qöymasligi mumkin.

Bundan taşqari, reja har ikki tomon ham buni qabul qilişi va keyinçalik muzokaralar davomida öz raqiblarini muvaffaqiyatsizlikda ayblaş orqali bitimni sabotaj qilişi mumkin bölgan interpretatsiya uçun yetarli joy qoldiradi.

Köp oylar davomida biz aynan şunga guvoh bölib kelmoqdamiz. Va agar ssenariy takrorlansa, Tramp ma’muriyati qaysi taraf bölişi aniq – Isroil tomonida.

Tramp Netanyahuni bunga işontirmoqda. AQŞ prezidenti duşanba kuni agar Hamas bu taklifga rozi bölmaydigan bölsa, unda Isroil boş vaziri «qilinişi kerak böladigan işni qilişi uçun töliq qöllab-quvvatlanişi»ni aytdi.