Sanoatdagi manbalarga köra, töqnaşuvdan qoçiş tizimi samolyotlar örtasida ruxsat etilgan minimal pasayiş me’yoridan oşib ketganini aniqlagan, biroq haqiqiy töqnaşuv xavfi bölmagan.

Biznes-jyet Bodrumdan uçayotgan bölib, Samarqanddan parvoz qilgan Uzbekistan Airways samolyoti Moskva havo hududiga kirib kelganida 9000 fut balandlikda bölgan. Nazoratçi A320 ekipajiga 10 000 futga tuşişni buyurdi, biroq uçuvçilar 9 000 futga tuşişni tasdiqladi, natijada minimal masofa oraliği buzildi.

Mavjud ma’lumotlarga köra, samolyotlar orasidagi gorizontal interval taxminan uç kilometrni (talab qilingan beş örniga) va vertikal interval taxminan yetti yuz futni (ming örniga) taşkil etdi. Bortdagi TCAS signallari işlamadi va ikkala samolyot ham bir neça daqiqadan söng Vnukovo aeroportiga xavfsiz qöndi.

Rosaviatsiya (Federal havo transporti agentligi) hodisani aviatsiya hodisasi deb baholadi va tekşiruv boşladi. Xabar naşr qilingan vaqtda idoradan heç qanday rasmiy izoh taqdim etilmadi.

Xabar qilinişiça, Havo harakatini boşqariş davlat korporatsiyasi rahbariyati bunday işdan noroziligini bildirgan va intizomiy jazo çoralarini körib çiqmoqda.

Uzbekistan Airways öz ekipaji Samarqand – Moskva (Vnukovo) yönalişi böyiça parvozni amalga oşirişda belgilangan balandlikni saqlaş qoidalarini buzgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan raddiya berdi. Uşbu ma’lumot Özbekistondagi naşrlar tomonidan tegişli tekşiruvlarsiz qayta e’lon qilingani, natijada öquvçilarda vaziyat haqida notöğri tasavvur şakllangani qayd etilgan.

Aviakompaniya quyidagilarni ma’lum qildi: 

  • Moskva aerouzeli hududida parvozni amalga oşiriş çoğida Uzbekistan Airways havo kemasi ekipaji havo harakatini boşqariş xizmati dispetçerining körsatmalariga qat’iy amal qildi;
  • Barça eşelonlar belgilangan qoida va tartib-taomillarga muvofiq ta’minlandi, havo kemalari orasidagi zarur intervallar saqlab qolindi.
  • Parvoz ba’zi manbalar notöğri körsatganidek, 2025 yil 29 sentabr kuni emas, 2025 yil 28 sentabrda amalga oşirilgan.
  • Havo kemalarining yaqinlaşayotgani haqida ogohlantiriş tizimi işga tuşmadi.