Kreml Yevropa komissiyasining Ukrainani muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan moliyalaştiriş böyiça rejalariga izoh berdi. Bu haqda 1 oktyabr, çorşanba kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot bilan çiqdi.
«Gap Rossiya mulkini noqonuniy ravişda tortib oliş yoki rusça aytganda, öğrilik rejalari haqida ketmoqda», — dedi Peskov.
Agar kimdir «bizning aktivlarimizni» «noqonuniy ravişda özlaştirmoqçi» yoki ulardan «dividendlar oliş»ni istasa, «bu yoki boşqa tarzda bunga aloqador bölganlar jinoiy ta’qib qilinadi», deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks».
Kreml matbuot kotibi «nafaqat şaxslar, balki davlatlar» ham javobgarlikka tortilişini aytdi. «Bu, albatta, javobsiz qolişi mumkin emas», — deya qöşimça qildi Peskov.
Avvalroq, 1 oktyabr kuni Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen Kiyevga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari garovi ostida milliardlab yevro kreditlar ajratiş taşabbusini qöllab-quvvatlaşga çaqirgan edi.












