AQŞ prezidenti va uruş vaziri ğalati yiğiliş ötkazdi. Ular butun dunyodan amerikalik generallarni töplab, Pentagonning bundan keyingi yagona missiyasi – uruşga tayyorlaniş ekanini e’lon qilişdi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy şarhlovçilar Kamoliddin Rabbimov va Şuhrat Rasul Vaşington nazdidagi raqiblar haqida söz yuritdi.
— AQŞning bugungi e’tibori qaysi nuqtalarda: Vaşingtonga qaysi davlat xavf tuğdirişi mumkin?
Kamoliddin Rabbimov: Bugungi kunda Amerika Qöşma Ştatlariga bevosita harbiy tahdid qilayotgan davlat yöq. Potensial jihatdan tahdid qilişi mumkin bölgan davlatlarning imkoniyati esa taqqoslaganda ança zaif. Şunga qaramay, AQŞ geostrateglari uzoq yillardan beri Xitoyni dunyodagi asosiy iqtisodiy, siyosiy va geosiyosiy raqib sifatida körib keladi.
10-20 yil avval Xitoyning harbiy qudrati AQŞga jiddiy xavf tuğdirmaydi, degan qaraş kuçli edi. Ammo sönggi yillarda Xitoy jadal sur’atlarda qurollanmoqda, çunki kuç faqat iqtisodiyot yoki texnologiyadan iborat emas, demografiya va armiya salohiyati ham muhim omillardir. Hozirda Hindiston dunyodagi eng katta aholiga ega davlat bölsa, undan keyin Xitoy va uçinçi örinda AQŞ turadi. Ğarbiy Yevropa, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda demografik ösiş sust yoki pasayib borayotgan bir paytda, AQŞ aholisi muntazam oşib bormoqda. Bunga tuğiliş darajasining nisbatan yuqoriligi hamda har yili Green Card dasturi orqali millionlab muhojirlarni qabul qilişi sabab bölmoqda. Şu yöl bilan AQŞ aholisi XXI asr örtalariga borib 400-500 millionga yetişini rejalaştirgan. Eng muhimi, mamlakat muhojirlarni bir millat yoki konfessiyaga çeklab qöymay, turli xalqlardan kelgan odamlarni öz jamiyatiga assimilyatsiya qiladi.
AQŞ strategiyasida Xitoy masalasiga yondaşuv keskin özgargan. Avval Xitoyni global tizimga jalb qiliş orqali hamkor sifatida köriş ğoyasi ustun edi. Ammo Xitoy demokratiyaga ötmay, mustaqil kuç sifatida şakllanayotgani sababli endi unga qarşi turiş siyosati olib borilmoqda. Bu jarayon Obama davrida boşlangan bölib, keyinçalik Tramp, Bayden va yana Trampning ikkinçi muddatida davom etyapti. Har ikki partiyadan saylangan prezidentlarning hammasi Xitoyni tizimli raqib sifatida körib, iqtisodiy va siyosiy çoralar qöllamoqda.
Bunday şaroitda Xitoy tabiiy ravişda harbiy qudratini oşirmoqda, çunki manfaatlarini himoya qiliş va global raqobatda öz örnini mustahkamlaş uçun kuçli armiyaga ega böliş zarur. Şu bois AQŞning keyingi strategiyasi Xitoyni yanada qat’iyroq tiyib turişga qaratilişi mumkin.










